Andijon va Xorazmda fuqarolarni 4 ming AQSH dollariga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar tezkor tadbir davomida ashyoviy dalil bilan ushlandi. Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
«O‘zbekneftgaz» hududiy boshqarmasi mas’ul xodimlari o‘zlariga topshirilgan 297,8 mln so‘mlik quvur va qora metallarni talon-toroj qildi.
Vafot etgan fuqaroning murdasini o‘likxonadan chiqarib berish evaziga 200 AQSH dollari talab qilib olgan sud-tibbiy eksperti ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
«Agrobank» Sirdaryo viloyati Mirzaobod filialining sobiq boshqaruvchisi 3 nafar tadbirkorning xabardorligisiz ular nomiga 520 mln so‘m kredit rasmiylashtirib, pullarni o‘zi ishlatib yuborgani fosh etildi.
4 avgust kuni Rossiyaning Qozon shahridan charter reys orqali O‘zbekistonga olib kelingan va «Sayoxat» mehmonxonasiga karantinga olingan 31 yoshli denovlik erkak, mehmonxonaning 4-qavatidan o‘zini uloqtirib o‘z joniga qasd qildi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Bosh prokuratura Namangan viloyatida bog‘chani ta’mirlash jarayonida haqiqatda bajarilmagan 173,2 mln so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlarini qo‘shib yozish orqali byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganini aniqladi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi ko‘zg‘atilgan.
Sirdaryo viloyatida ko‘p qavatli uylar qurilishida deyarli 2,5 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi. Bosh prokuratura barcha holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova Qoraqalpog‘iston prokuroriga tunda prokuraturaga chaqirilgan hamda telefonlari va noutbuklari tortib olingan jurnalistlar bilan bo‘lgan voqea yuzasidan tanbeh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, prokurorlarning harakatlarini o‘rganish ishlari boshlangan.
Andijonda viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining mansabdorlari 326,4 mln so‘mlik dezinfeksiya vositalarini bozor narxidan 159,3 mln so‘mga sotib olib, byudjet mablag‘larini talon-taroj qildi. Avvalroq Navoiy, Namangan, Buxoro va Qashqadaryoda ham xuddi shunday jinoyatlar sodir etilgandi.
2020 yili Bosh prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgan jami 327 ta jinoyat ishi bo‘yicha 459 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi. Ular mamlakatga 172,2 mlrd so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazgan. Eng ko‘p jinoyatlar tuman (shahar) darajasidagi xodimlar tomonidan sodir etilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting